Toshkentning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev tomonidan OChL 1-turida Al Vahda darvozasiga kiritilgan gol OFK tomonidan OChLning ilk turida kiritilgan eng chiroyli gol deb topildi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy sayti tomonidan o`tkazilgan so`rovnomada 23 yoshli futbolchi tomonidan “Al Vahda” klubi darvozasiga kiritilgan gol ushbu turning eng chiroyli goli deb tan olindi.
Eslatib o`tamiz, OChL guruh bosqichi 1-turida “Lokomotiv” o`z maydonida BAAning “Al Vahda” klubiga qarshi uchrashuvda yirik – 5:0 hisobida g`alaba qozondi. Lokomotiv a`zosi Ikrom Aliboev esa, uchrashuvda ikkita gol kiritib, jamoa g`alabasi uchun katta hissa qo`shgan edi. Ta`kidlash lozim, yarim himoyachi ikkinchi taym avvalida maydon markazidan turib raqib darvozasini ishg`ol qiladi va ushbu gol haftaning eng chiroyli goli nominatsiyasida OFK e`tirofiga erishdi.

OChL haftaning eng yaxshi gollari va ularga berilgan ovozlarni quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin: http://www.the-afc.com/competitions/afc-champions-league/latest/news/vote-for-the-allianz-afc-champions-league-goal-of-the-week