OChL: O`yinga mos bo`lmagan natija

 

Eron poytaxti Tehronda, qit`aning eng yirik stadionlaridan biri “Ozodiy”da yakunlangan “Persepolis” – “Nasaf” uchrashuvida mezbonlar 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi.

Deyarli teng kurashlar ostida o`tgan o`yinning birinchi bo`limida qarshiliklar garchi o`z darvozalaridan to`p o`tkazib yuborishgan bo`lishsalarda, lekin bir qator hujumlari, xavfli vaziyatlarni yarata olishlari bilan ham esda qoldi. Aziz G`anievning uzoqdan yo`llagan kuchli zarbasi gol bilan yakunlanganida o`yin yanada boshqacharoq tus olardi. Ammo Gudvin Menshaning ikki himoyachimiz orasida baland sakrab, to`pni boshi bilan  urgani golga aylandi. Bu holatda Sanjar to`pni qaytarishga harakat qildi, biroq buning uddasidan chiqa olmadi.

Ikkinchi bo`limda ham o`yin surati yo u, yo bu jamoa tomonida bo`lmadi. Hujumkorlik, xavfli vaziyatlar, zarbalar garchi teng ko`rinish olsada, gol urishda maydon egalarining omadi keldi. “Nasaf” o`yiniga mos bo`lmagan holda mag`lubiyatga uchradi...

OChL-2018. “S” guruhi, 1-tur

“Persepolis” (Eron) – “Nasaf” (O`zbekiston) – 3:0.

Tehron shahri. “Ozodiy” stadioni.

Hakamlar: Kim Dong Jin, Sung Bonkyun, Kvak Suyungsun (barchasi J.Koreyadan).

Zaxira hakami - Dmitriy Mashentsev (Qirg`iziston)

“Persepolis”: Ali Rizo Safarbeyranvand, Sodiq Muharrami Getgazari, Shojai Xalilzoda, Sayid Jalol Xusayni, Xusayni Maxini (Siamak Nemati, 89), Muhammad Ansari, Farshad Ahmadzoda (Bashar Rezan Bonyan, 85),  Muhsin Nodehi, Vohid Amiri (Kamoliddin Kamyabinia, 73), Ali Alipurxara, Gudvin Mensha.

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Odilbek Hamrobekov (Sanjar Rashidov, 72), Igor Golban, Slavko Lukich, Umarbek Eshmurodov, Azizbek G`aniev, Sharof Muhitdinov, Doniyor Narzullaev (Islom Rashidxonov, 87), Islom Kenjaboev (Bobur Abdixoliqov, 72), Dragan Cheran, Jasur Hasanov.

Gollar: Godvin Mensha (20), Ali Alipur (67, 71).

Ogohlantirishlar: Sharof Muhitdinov (39), Slaven Lukich (64).

Nazoratchi - Muhammad Basil Alhajjar (Suriya)

 

Komissar -  Sivakumar (Singapur).

mib
uzcard
cola
apex
bmb