O`zbekiston Professional futbol ligasi ish rejasi doirasida Superliga klublari matbuot kotiblari uchun seminar tashkil qilindi.
Seminarda Professional Futbol ligasi bosh direktori Omon G`ofurov, PFL bosh direktori o`rinbosari Mirsardor Alimov, O`FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti boshlig`i Ma`mur Saidqosimov, ayollar futboli bo`yicha mutaxassis Alisher Fayziev, futzal hakami Shuhrat Po`latov va boshqa mas`ullar ishtirok etishdi.
Milliy olimpiya qo`mitasi anjumanlar zalida o`tkazilgan mazkur seminarda soha mutaxassislari tomonidan klub matbuot kotiblari faoliyati va vazifalari, OAV bilan ishlash, hakamlik va nazoratchilik, ayollar futboli va futzal bo`yicha yangi qoidalar, yangi tahrirdagi Reglament bilan tanishtirish, OChL bahslarida OAV xodimlari bilan ishlash, marketing, OAV vakillari uchun axloqiy normalar, talablar kabi masalalar yuzasidan taqdimotlar o`tkazildi.

Shuningdek, matbuot kotiblari o`zlarini qiziqtirgan savollar, o`ylantirayotgan muammolar bo`yicha savollar berishdi, sohani yanada rivojlantirish borasida takliflar kiritishdi. Taklif va mulohazalar inobatga olindi.

Seminar yakunida Superliga matbuot kotiblariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

