
Joriy yilning 7-12 fevral kunlari Yaponiyada O`zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan klublarning marketing bo`yicha mutaxassislari uchun seminar tashkil etiladi.
Bugun klublarimiz vakillari Yaponiyaga yo`l olishdi. Ular 12 fevralga qadar Jey-liga mutaxassislari tomonidan o`tkaziladigan nazariy va amaliy seminar mashg`ulotlarida ishtirok etishadi. Shuningdek, marketing bo`yicha mutaxassislar Jey-ligada marketing, homiylarni jalb qilish bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma`lumot olishadi.
Ta`kidlash joizki, klublarimiz vakillari uchun bunday xorijiy safarlar, seminarlar o`z sohalari bo`yicha bilimlarini oshirish, xorij tajribasini o`rganish va uni o`zi faoliyat yuritayotgan klublarda tatbiq qilish maqsadida O`zbekiston hamda Yaponiya Futbol Assotsiatsiyalari o`rtasida imzolangan memorandum asosida tashkil qilinmoqda.