O`zbekiston chempioni – Toshkentning "Lokomotiv" klubi yangi mavsum oldidan o`z tarkibiga yana bir mahoratli futbolchini qo`shib oldi.
O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Sardor Rashidov endilikda "Lokomotiv" safida faoliyat olib boradi. 26 yoshli futbolchi "Lokomotiv" klubi bilan 1 yil muddatga mo`ljallangan shartnoma imzoladi. Shu tariqa, "Lokomotiv" o`z safiga yangi mavsum oldidan oltinchi futbolchini qo`shib oldi.