O`zbekiston Professional Futbol Ligasi muxlislar bilan ishlash bo`limi xodimlari Qarshiga tashrif buyurib, "Nasaf" klubi muxlislari va klub vakillari bilan uchrashdi.
Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida "Al Faysaliy" klubiga qarshi uchrashuvdan oldin klub muxlislar faollari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O`zPFL xodimlari klub muxlislar faollari bilan bir qancha masalalar bo`yicha suhbat qurishdi va ularga ba`zi bir yangi loyihalar borasida ma`lumot berishdi.

Ta`kidlash lozim, O`zPFLning muxlislar bilan ishlash bo`yicha xodimlari bungacha vodiy klublariga tashrif buyurishgan va vodiy klublari faollari bilan uchrashishgan edi.