Bugun 25 yanvar kuni O`zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi bo`lib o`tdi.
Kun tartibidagi masalalardan biri O`FFning tashkiliy-huquqiy shaklini o`zgartirish bo`ylib, konferentsiya delegatlari O`zbekiston futbol federatsiyasi O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasiga o`zgartirilishiga bir ovozdan rozilik bildirishdi.
Shu paytga qadar O`FF prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Umid Ahmadjonov MOQ prezidentligiga o`tgani munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 1-o`rinbosari Achilbay Ramatov O`FAning yangi prezidenti etib saylandi.
Umid Ahmadjonov O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi prezidentligi bilan birgalikda O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining 1-vitse prezidenti sifatida ham faoliyat yuritadi.