Qarshining “Nasaf” klubi o`z tarkibiga yana bir serbiyalik futbolchini qo`shib oldi.
Klub rasmiy saytining ma`lum qilishicha, 28 yoshli himoyachi Slavko Lukich O`zbekiston vitse-chempioni bilan shartnoma imzoladi. U klubning Turkiyadagi yig`inida “Nasaf” safiga kelib qo`shildi.
Ta`kidlash joizki, “Tsrvena Zvezda” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladigan ushbu futbolchi “Nasaf”dan avval Slovakiyaning “Spartak Trnava” klubi sharafini himoya qilayotgan edi. Slavko Lukich o`z vaqtida Serbiyaning U-16 va U-19 terma jamoalari tarkibida 21 marta maydonga tushgan.
Qayd etish joizki, “Nasaf” tarkibida serbiyalik yana bir hujumchi Dragan Cheran faoliyat olib boradi.