Mavsum taraddudi-2018: “NAVBAHOR”

 

Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni ertaroq, o`tgan yil dekabr oyining o`rtasida boshlagan. O`n kunga belgilangan mashg`ulotlar Namanganning o`zida o`tkazildi. Aslida yig`inlar besh bosqichdan iborat reja asosida ishlab chiqilgan. Qolgan barcha yig`inlar poytaxtda tashkil etilishi ko`zda tutilgan. 5 yanvarda Toshkentda boshlangan ikkinchi yig`in 20 yanvarda yakunlanadi. Shu ko`yi qolgan uchta yig`in ham Toshkentda o`tkaziladi.

“Navbahor” yig`inlar doirasida qator o`rtoqlik uchrashuvlari o`tkazmoqda. Shu kungacha o`tkazilgan uchta o`yinda uch xil natija qayd etildi. “Oqtepa”ni mag`lub (3:1) etgan namanganliklar “Qo`qon-1912” jamoasi bilan durang (1:1) o`ynadi, kecha esa “Mash`al”ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Ikkinchi yig`indagi so`ngi o`rtoqlik uchrashuvi 20 yanvarda “Tsementchi” jamoasiga qarshi uyushtiriladi. Navbatdagi yig`in va o`rtoqlik o`yinlari rejasi ishlab chiqilmoqda.

O`tgan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan  Nemanya Yovanovich,  Doniyor Usmonov, Murod Rajabov, Said Abdujabborov yil oxirida Namanganni tark etishdi. Shartnomasi yakunlangan, ammo jamoada qolishni istayotganlar, qolaversa, yig`inlarga kelib, mashg`ulotlarda qatnashayotgan futbolchilar bilan  hali yangi bitimlar imzolanmagan. Mashg`ulotlarda esa Dilshod Sharofitdinov (“T-Tim”, Malayziya), Avazbek Mamatxo`jaev (“Qo`qon-1912”), Ravshan Do`stmatov (“Paxtakor”), Zoxir Pirimov, Azamat Allaniyozov (ikkalasi ham “Buxoro”dan), Ayubxon No``monov (“Metallurg”), Yanis Linda (“Arsenal”, Tula, Rossiya) shug`ullanmoqda.

 

Jamoa bu yil ham 2017 yildagi kabi JOMA firmasi liboslaridan foydalanadi. Formalar  ko`k-sariq ranglardan iborat bo`ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb