2018 yilning 7-12 fevral kunlari Yaponiyada O`zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan klublarning marketing bo`yicha mutaxassislari uchun seminar tashkil etiladi.
Ushbu seminar shu yilning 17 noyabr kuni O`FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasining Prezidenti Tashima Kodzo o`rtasida imzolangan memorandum asosida tashkil etilayotganini ham alohida ta`kidlash kerak.
Seminar davomida Jey-liga mutaxassislari tomonidan milliy chempionatimiz klublari marketing mutaxassislari uchun nazariy va amaliy mashg`ulotlar o`tkaziladi.
Shuningdek,marketing bo`yicha mutaxassislar Jey-ligada marketing, homiylarni jalb qilish bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma`lumot olishadi.
Aytish kerakki, Yaponiya Jey-ligasida marketing sohasi juda rivojlangan bo`lib, Jey-liga birgina 2017 yil davomida jami 240 million AQSh dollari miqdorida homiylik mablag`lariga ega bo`lgan.
Klublarimiz vakillari uchun bunday xorijiy safarlar, seminarlar o`z sohalari bo`yicha bilimlarini oshirish, xorij tajribasini o`rganish va uni o`zi faoliyat yuritayotgan klublarda tatbiq qilish maqsadida tashkil qilinmoqda.