O`zbekiston chempioni - "Lokomotiv" yangi mavsum oldidan o`z tarkibini kuchaytirmoqda.
Bugun "Lokomotiv" 3 nafar futbolchi bilan rasman shartnoma imzoladi. Bular - Igor Yelich, Sherzod Karimov va Husniddin G`ofurovlardir. Har uchala futbolchi ham "Lokomotiv"ning Dubayda o`tayotgan xorij yig`inida klubga kelib qo`shilishdi.
Yelich endilikda "Lokomotiv"da 88-raqamda, Karimov 8-raqamda va G`ofurov 19-raqam ostida o`ynaydi.