“Lokomotiv”, “Nasaf” va “Paxtakor” OChL-2018ga qizg`in tayyorgarlik ko`rmoqda

Kelayotgan mavsumda xalqaro maydonda mamlakatimiz sharafini 3ta klub himoya qiladi. Osiyo Chempionlar ligasi-2018da “Lokomotiv” ishtirokini guruh bosqichidan boshlasa, “Nasaf” hamda “Paxtakor” klublari pley-off bosqichida o`z kuchlarini sinab ko`rishlari lozim bo`ladi.

Ayni paytda har uchala klub ham nufuzli musobaqaga qizg`in tayyorgarlik olib bormoqda. Xususan, O`zbekiston chempioni va kubogi sohibi “Lokomotiv" 9 yanvardan BAAning Dubay shahrida o`quv-mashg`ulot yig`ini boshladi. “Temiryo`lchilar” Dubayda 23 yanvarga qadar yig`in o`tkazadi va kuniga 2 mahaldan mashg`ulotlar olib boradi. “Loko” shuningdek mazkur yig`in davomida 4ta nazorat bellashuvi o`tkazishni ham rejalashtirgan.

 

Qarshining “Nasaf” klubi ham 9 yanvardan e`tiboran qishki o`quv-yig`in mashg`ulotlarini xorijda davom ettirmoqda. Qarshiliklar Turkiyaning Belek shahrida 22 yanvargacha shug`ullashadi. Murabbiylar shtabi Turkiyaga 23 nafar futbolchini olib ketishdi. Xorijiy yig`in davomida ham safga yangi futbolchilar qo`shilishi kutilmoqda. “Nasaf” 23 yanvar kuni Qarshiga qaytib keladi va 30 yanvarda bo`ladigan pley-off uchrashuviga tayyorgarlikni uyda davom ettiradi.

 

Yana bir pley-off bosqichida qatnashadigan klubimiz – “Paxtakor” esa 3 yanvar kuni Belekda yig`in boshladi. “Sherlar”ning ushbu xorij yig`ini 21 yanvargacha davom etadi. Yig`inga 25 nafar futbolchi olib ketgan “Paxtakor” 4ta nazorat bellashuvida maydonga tushishni rejalashtirgan. Ularning dastlabkisida “Paxtakor” Turkiya uchinchi liga ishtirokchisi “Turgutluspor”ga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobida zafar quchdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb