O`zbekiston futbol federatsiyasi hamda Professional futbol ligasi tomonidan mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish yuzasidan keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O`zPFL futbol klublari faoliyatini tubdan yaxshilash yuzasidan aniq talablar ishlab chiqdi. Ko`plab yangiliklar joriy qilingan yangi tahrirdagi musobaqa Reglamentida O`zPFL qoshida sport tadbirlarini tashkillashtirish va muxlislar bilan ishlash bo`limi ham tashkil etilganligi ayni muddao bo`ldi.
Bundan ko`zlangan maqsad yangi mavsumning har bir tur o`yinlarini bayramona o`tkazish, muxlislarning stadionlarga tashrifini oshirishdan iborat. Yangicha ko`rinishda ish boshlaydigan muxlislar klubi etakchisining vazifalari nimalardan iborat bo`ladi?
Yuksak madaniyatli, bilim va zakovatda namuna bo`la oluvchi, rasmiy shtat asosida ish boshlovchi Muxlislar klubi etakchisi O`zPFL mazkur bo`limining nizom va yo`riqnomalari asosida ish yuritar ekan, O`zPFLning kelgusida amalga oshiradigan loyihalarini amalga oshirishga, Superliga va Pro-liga uchrashuvlarini yuqori saviyada o`tkazishga o`z hissasini qo`shadi. Klub sardoridan eng avvalo atrofiga muxlislik madaniyati doirasida ishqibozlik qiluvchi faol yoshlarni yig`ish, uchrashuvlar paytida o`z jamoasi sharafini mazmunli va yoqimli chaqiriqlar bilan qo`llab-quvvatlash bilan birga raqib jamoa va uning muxlislari hurmatini saqlash, uy va safar uchrashuvlari chog`ida raqib jamoa muxlislari bilan doimiy do`stona aloqalar o`rnatish talab etiladi. Shuningdek, sardor yoshidan qat`iy nazar futbolni chin dildan sevuvchi, jamoasini nafaqat g`alabali onlarda, balki mag`lubiyatga uchraganda ham olqishlay oladigan, muxlislik doirasida klubning ko`plab loyihalarida ishtirok eta oluvchi ishqibozlarni Muxlislar klubiga a`zolikka qabul qilish, ularning rag`batlatirilishini tashkil etish, hatto klubga a`zo muxlislarning kiyimi borasidagi tashqi ko`rinishiga ham alohida e`tibor berishi zarur.
Bir so`z bilan aytganda, jamoalarning Muxlislar klubi etakchisi har bir o`yinning zavqli, chiroyli va albatta, bayramona o`tishida faol bo`lishi talab etiladi.
Muxlislar klubi a`zolarining ko`rinishi quyidagicha tartibda bo`lishi maqsadga muvofiqdir:


