Avaz Agaliev: Superligada har bir bahs finalga teng bo`ladi

2018 yildan boshlab O`zbekiston chempionati yuqori divizioni Superliga deya nomlanadi va unda yurtimizning eng etakchi 12ta klubi ishtirok etadi.

O`FF tomonidan o`zbek futbolini isloh etish borasida olib borilayotgan keng ko`lamli ishlar xususida “Mash`al” klubi futbolchisi Avaz Agaliev o`z fikrlarini bildirib o`tdi:

 - O`zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan islohotlar taqsinga sazovor. Zero ayni paytda qilinayotgan o`zgarishlar yaqin vaqt ichida o`z samarasini beradi. Shu jumladan, Superliganing tashkil etilayotgani ham kishini quvontirmay qo`ymaydi, albatta. Endilikda yuqori divizionning har bir uchrashuvi shiddatli tarzda kechadi. Bu esa muxlislarimizning futbolimizga bo`lgan qiziqishini orttirishi tabiiy. Ishonamanki, tez fursat ichida bizning futbol ham Osiyo miqiyosida etakchi pog`onalarga chiqadi, - deydi mahoratli futbolchi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb