
Yangi mavsumdan boshlab Osiyo Chempionlar ligasi va OFK Kubogi musobaqasi g`oliblari uchun beriladigan mukofot pullari oshirildi.
Bu haqida OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa tashkilotga a`zo barcha futbol federatsiyalariga yuborgan maktubida ma`lum qilgan.
2018 yilda Osiyo Chempionlar ligasida g`alaba qozongan klub 4 million AQSh dollari miqdorida mukofot puli oladi. OFK Kubogi g`olibiga esa 1,5 million AQSh dollari taqdim qilinadi.
Shuningdek, Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa tomonidan yuborilgan maktubda OFK tomonidan o`tkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etayotgan jamoalarga taqdim qilinadigan mukofot pullari homiylar va hamkorlar tomonidan ajratilayotgan mablag`lar hisobiga muntazam ravishda oshirib borilishi ta`kidlangan.