O`zbekistonning professional futbol klublari o`rtasidagi 2018 yil uchun futbol bo`yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi.
2018 yil uchun futbol bo`yicha musobaqalar reglamentidagi talablar oldingi yillardagidan ancha o`zgardi va takomillashtirildi. Ushbu o`zgarishlar haqida mahoratli futbolchi Jaloliddin Masharipov ham o`z fikrlarini bildirdi:
- Futbolchi sifatida menga doimo kuchli jamoalarga qarshi o`ynash yoqadi. Kecha tasdiqlangan reglamentda super ligada 12 jamoa ishtirok etishi va ikki davradan keyin jamoalar ikki guruhga bo`lingan holda musobaqani davom ettirishini bilib oldik. O`zi 12 klub qatnashadigan ligada uchrashuvlar ancha keskin kechadi. Ikkinchi bosqichda esa har turda juda qiziqarli o`tadigan uchrashuvlar futbolchilar saviyasi ortishiga xizmat qilishi tabiiy. Har bir o`yinchi shunday bellashuvlarda ko`proq maydonga tushishni istaydi.
Futbolchilar va jamoalarning intizomiga e`tibor oshgan. Bu o`yin davomida o`zimizni tartibli tutishimizni ta`minlash uchun qaratilgan maqsad. Uchrashuvlarni o`tkazish uchun sharoitlarni yaxshilash bizga chiroyliroq o`yin ko`rsatishda yordam berishiga ishonaman.
Shuningdek, O`FF hamda PFL tomonidan ishlab chiqilgan normativlar futbolchilarning jismoniy holatlarini mavsumda yaxshi sport formasida bo`lishini ta`minlaydi va bu biz uchun albatta foydali. Normativlar futbolchilar uchun qiyinchilik tug`dirmaydi, shunchaki uni topshirishlari uchun, natija yaxshi bo`lishi harakat qilish kerak. Biz mavsum davomida ushbu testlardan doim o`tamiz va biz uchun normal holat. O`ylaymanki, bu biz uchun faqat foyda beradi, - dedi Masharipov.