O`zbekistonning professional futbol klublari o`rtasidagi 2018 yil uchun futbol bo`yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi.
2018 yil uchun futbol bo`yicha musobaqalar reglamentidagi talablar oldingi yillardagidan ancha o`zgardi va takomillashtirildi. Ushbu o`zgarishlar haqida “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi – Shota Arveladze o`z fikr-mulohazalarini bildirib o`tdi.
- Chempionatni yangi formatda o`tkazish menga ma`qul tushdi. Endi ishqibozlar 12 jamoa ishtirokida yanada qiziqarliroq uchrashuvlarga guvoh bo`lishlari mumkin. Shuningdek, ikkinchi bosqichdagi har bir bellashuv deyarli finalga teng bo`ladi. Sovrinli o`rinlar uchun ham, ligada qolish uchun ham keskin raqobat yuzaga keladi.
Uchrashuvlarning soat 18:00 va undan keyin boshlanishini qo`llab-quvvatlayman. O`tgan mavsum juda issiq havoda 17:00da boshlangan o`yinlarni kuzatdim. Bunday holatda futbolchilar muxlislarga chiroyli futbol taqdim eta olishmaydi. Ishqibozlarning o`zi ham qulaylikni his qilishmaydi. Maydonlar masalasiga alohida e`tibor berilganini e`tirof etib o`tardim. Yaxshi maydonda futbol yanada chiroyliroq ko`rinish oladi.
Tartib-intizom va klublarning shakllanishiga ham katta e`tibor qaratilmoqda. Bu o`zbek futboli uchun katta foyda keltiradi deb o`ylayman, - dedi murabbiy.