Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan Superliga klublari mavsum oldidan ilk haridlarni amalga oshira boshlashdi.
Jumladan, “Paxtakor” futbol klubi hozirga qadar 4 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolab ulgurdi. O`tgan mavsumda “Nasaf” sharafini himoya qilgan futbolchilar – Dilshod Rahmatullaev, Bahrom Abdurahimov, Akmal Shorahmedov hamda Farruh Sayfiev endilikda Toshkent klubi safida faoliyat olib borishadi. “Paxtakor” har to`rtala futbolchi bilan ham 2 yilga mo`ljallangan shartnoma tuzdi.
Qayd etish joizki, Dilshod Rahmatullaev milliy chempionatimizda hozirgacha 130 uchrashuvda 10ta gol muallifiga aylangan. Bahrom Abdurahimov esa 146 o`yinda 17ta to`p kiritishga erishgan. Akmal Shorahmedov 286ta bellashuvda maydonga tushgan va 11 bor raqiblar darvozasini ishg`ol qilgan. Farruh Sayfiev bo`lsa 111ta uchrashuv o`tkazib, 13 gol muallifiga aylangan.