Jizzaxning "So`g`diyona" klubi Aleksandr Mochinovni klubning yangi bosh murabbiyi sifatida e`lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma`lum qildi.
Bungacha, "Buxoro", "Obod" klublarida hamda O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlagan Mochinov "So`g`diyona" klubi bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko`radi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, yangi bosh murabbiy klub bilan yangi mavsum oldidan shartnoma imzolagan va klub bilan mashg`ulotlarga kirishgan.