Farg`onada bolalar va o`smirlar murabbiylari uchun o`quv-kurslari boshlandi

Kecha 25 dekabr kuni Farg`ona shahridagi “Istiqlol” sport majmuasida bolalar va o`smirlar futbol murabbiylari uchun bilimlarni yangilash besh kunlik o`quv kursi boshlandi.

O`quv kursida Farg`ona viloyatidagi futbol maktablarida faoliyat yurituvchi jami 29 nafar bolalar va o`smirlar murabbiylari ishtirok etishadi. Mazkur o`quv kurslari bolalar va o`smirlar murabbiylari uchun bepul o`tkazilayotganini ham ta`kidlab o`tish kerak.

OFK instruktori Zoyir Hasanov  tomonidan murabbiylar uchun nazariy va amaliy mashg`ulotlar o`tkaziladi.

O`quv kurslari 29 dekabr kuni yakuniga etadi. Murabbiylar olingan bilimlar bo`yicha amaliy va nazariy imtihonlar topshirishadi.

Bunday o`quv kurslarini tashkil qilishdan asosi maqsad bolalar va o`smirlar futboli bo`yicha ish olib borayotgan murabbiylarning malakasini oshirish, ularning zamonaviy bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlarini ta`minlashdan iborat. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb