Bekobodning “Metallurg” klubi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov iste`fo berganligini e`lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Ma`lum bo`lishicha, bugun “Metallurg”da yig`ilish bo`lib o`tgan va unda 63 yoshli mutaxassisning iste`foga chiqqani ma`lum qilingan. Shu tariqa 2008 yilning 1 yanvarida “Metallurg”ni qabul qilib olgan Mirsodiqov sal kam 10 yillik faoliyatdan so`ng o`z lavozimidan ketdi.
Ta`kidlash joiz, ilgari mashhur futbolchi bo`lgan Rustam Mirsodiqov murabbiylik faoliyati davomida “Paxtakor”, “Do`stlik”, MXSK kabi klublarda ham faoliyat olib borgan.