Superliga klublari stadionlari rahbarlari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi

O`zbekiston Futbol Federatsiyasi anjumanlar zalida Superligada ishtirok etadigan klublar stadionlari direktorlari va rahbarlari ishtirokida majlis bo`lib o`tdi.

Ushbu yig`ilishda Superliga klublari stadionlariga qo`yilgan talablarni bajarish yuzasidan fikr almashildi. Majlisni O`zbekiston Professional Futbol Ligasi Bosh direktori Omon G`ofurov ochib berdi va Superliga klublari stadionlariga qo`yilgan talablar, kamchiliklar va bir qator muammolar haqida o`z fikrini bildirdi.

Yig`ilishda so`zga chiqqan O`zPFL Bosh direktori o`rinbosari Mirsardor Alimov stadionlar bo`yicha talablar bajarilishi qattiq nazoratga olingani ta`kidladi. “Yangi mavsumda Superligada ishtirok etadigan klublar stadionlari talablarga javob berishi uchun barcha kamchilikilar bajarilishi kerak. Endilikda, stadionlardagi sharoit va kamchiliklar uchun klub javob berishi ko`zda tutilgan. Ayni damda, faqat sanoqli stadionlar OFK talablariga javob beradi. Ko`pchilik stadionlarda vaziyat yaxshi emas. Stadionlarda yoritgichlar, tablo va chim borasida muammolar bor”, - deydi O`zPFL Bosh direktori o`rinbosari.

Stadionlar rahbarlari ham, bu borada yangi mavsumda barcha ishlar bajarilishi, kamchiliklar bartaraf etilishi borasida ishlar ketayotganligini ta`kidlashdi. Yig`ilishda, shuningdek, bir nechta boshqa muammolar ham muhokama qilindi. Stadionlar direktorlari chiptalar sotuvi borasida klub va stadion yangi tizimni ishga tushirishi, turniket va boshqa texnologiyalarni qo`llash borasida fikr almashishdi.

Ushbu yig`ilishdan so`ng ishtirokchilar “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” stadionlariga tashrif buyurib, mazkur stadionlardagi infratuzilma va sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

 

Yig`ilishdan so`ng, Superliga klublari stadionlarini yangi mavsumda barcha talablarga mos kelishi uchun amalga oshiriladigan ishlari ko`rib chiqilishi va bu borada klublar stadionlari rahbariyati Professional Futbol Ligasiga hisobot berishlari borasida kelishib olindi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb