O`zPFL “Sho`rtan” futbol klubini jarimaga tortdi

“Sho`rtan” professional futbol klubi O`zbekiston Futbol Federatsiyasi futbolchilarning maqomi va o`tishi bo`yicha qo`mitasi qarorini o`z vaqtida bajarmayotgani sababli jarimaga tortildi.

G`uzorning “Sho`rtan” klubiga 2017 yilgi nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi musobaqa reglamenti, Tartib-intizom Kodeksi 5-Modda, 1-bo`lim, 5.25-bandiga asosan, shuningdek 5-Modda, 4-bo`lim, 5.57-bandiga ko`ra 5 million so`m miqdorida jarima belgilandi va 2018 yil uchun zayavka hujjatlarini rasmiylashtirish vaqtincha taqiqlandi.

Agar “Sho`rtan” PFK bir qator futbolchilari oldidagi qarzlaridan o`z vaqtida qutilmasa, mazkur klubning O`FF hamda PFL bayrog`i ostida o`tadigan musobaqalarda ishtirok etishi masalasi ko`rib chiqiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb