
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tashkilotga a`zo mamlakatlar federatsiyalarining yangi texnik reytingini e`lon qildi.
Unga ko`ra, O`zbekiston 43.305 ball bilan qit`ada 9-o`rinni band etib turibdi. “G`arb” mintaqasida O`zbekiston 5-mamlakat bo`lib turibdi.
Mazkur reytingni BAA 95.94 ball bilan boshqarib turibdi. Janubiy Koreya esa 87.48 ball bilan 2-pog`onaga joylashgan. “Kuchli uchlik”ni Xitoy 86.671 ball bilan yakunlab turibdi.
Ma`lumot uchun, OFK texnik reytingi terma jamoalarning FIFA reytingidagi ballarning 10 foizi, tegishli assotsiatsiyalar klublarining OChL va OFK Kubogi xalqaro musobaqalarida jamg`argan ballarining 90 foizidan tashkil topgan.
Qayd etish kerakki, yakuniy texnik reyting 2019 va 2020 yillardagi OChL va OFK Kubogi musobaqalari uchun OFKga a`zo mamlakat fereratsiyalari klublariga ajratiladigan kvotalar soniga ta`sir qiladi.