2001 yilda tug`ilgan o`smirlar o`rtasida O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Kubogi musobaqasi o`z yakuniga etdi.
Finalda "Paxtakor" jamoasi "Bunyodkor" jamoasiga qarshi maydonga tushib, kichik 1:0 hisobida g`alaba qozondi va musobaqa bosh sovrinini qo`lga kiritdi.
Final uchrashuvidan so`ng g`oliblarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Marosimda O`zbekiston Futbol Federatsiyasining rahbarlari va mas`ul xodimlari yig`ilganlarga mukofotlarni topshirishdi.
Musobaqaning "Eng yaxshi darvozaboni" sifatida "Paxtakor" a`zosi Dilshod Yo`ldoshev topildi. "Bunyodkor" jamoasi futbolchisi Ibrohim Ibrohimov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo`ldi. Turnir to`purari uchun ajratilgan sovrin "Neftchi" a`zosi Asliddin Toshtemirovga nasib etdi. "Fair play" sovrini esa "Mash`al" jamoasiga topshirildi.