
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bugun, 6 dekabr kuni 2018 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Marosim “JW Marriot” mehmonxonasida o`tkazildi. O`zbekiston chempioni va mamlakat Kubogi sohibi “Lokomotiv” klubi G`arb mintaqasi “B” guruhidan joy oldi. Jamoa guruh bosqichida “Duhail” (Qatar), “Al-Vahda” (BAA) hamda “Zobahan” (Eron) / “Aizavl” (Hindiston) juftligi g`olibiga qarshi bahs olib boradi.
OChL–2018 turniri
"A" guruhi
“Duhail” (Qatar)
“Al-Vahda” (BAA)
“Lokomotiv” (O`zbekiston)
“Zobahan” (Eron) / “Aizavl” (Hindiston) juftligi g`olibi
Shuningdek, O`zbekistonning yana ikkita klubi – 2017 yilgi chempionatning kumush medal sovrindori “Nasaf” va bronza medali egasi “Paxtakor” guruh bosqichiga chiqish uchun 2018 yil 30 yanvar kuni pley-off bosqichida o`ynaydi.
OChL–2018 turniri
Saralashning pley-off bosqichi
30 yanvar, seshanba
“Nasaf” (O`zbekiston) – “Al-Faysali” (Iordaniya)
“Al-Garafa” (Qatar) – “Paxtakor” (O`zbekiston )
“Nasaf” pley-off o`yinida g`alaba qozonsa, “C” guruhidan joy oladi va “Persepolis” (Eron), “Al-Sadd” (Qatar), “Al-Vasl” (BAA) klublari bilan raqobatlashadi. “Paxtakor” muvaffaqiyatga erishsa, “A” guruhiga yo`l oladi hamda “Al-Jazira” (BAA), “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) va “Traktorsozi” (Eron) jamoalari bilan kuch sinashadi.
Ma`lumot uchun, Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 12 fevral kuni start oladi.