“Lokomotiv” — O`zbekiston Kubogi-2017 sohibi!

Bugun, 4 dekabr kuni “Bunyodkor” stadionida O`zbekiston kubogi–2017 final o`yini bo`lib o`tdi. Mazkur bellashuvda “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari bahs olib bordi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Marat Bikmaev tomonidan kiritilgan yagona gol “temiryo`lchilar”ga g`alaba keltirdi. “Lokomotiv” ketma-ket ikkinchi yil mamlakat Kubogi sohibiga aylandi.

Qayd etish joiz, “Lokomotiv” jamoasi 2017 yilgi mavsumda O`zbekiston chempioni bo`ldi. 2016 yilgi mavsumda ham “temiryo`lchilar” a`zolari “Oltin dubl”  qayd etgandi.

O`zbekiston kubogi–2017. Final
4 dekabr, dushanba
Toshkent, “Bunyodkor” stadioni

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 0:1 (0:1)

Gol: Marat Bikmaev (7)

Ogohlantirishlar: Otabek Shukurov (90) – Jaloliddin Masharipov (24), Marat Bikmaev (80), Sardor Mirzaev (89), Ignatiy Nesterov (90+3)

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Anvar G`ofurov, Jovlon Ibrohimov, Dostonbek Hamdamov, Dilshodbek Ahmadaliev, Shohrux Gadoev (Vohid Shodiev, 76), Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov (Shahzodbek Nurmatov, 63), Shohruz Norxonov (Vadim Chemirtan, 57).

Zaxira: Suhrobjon Sultonov, Islomjon Qobilov, Davronbek Umirov, Xurshid G`iyosov.

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev (Muhammad Kone, 87), Sadriddin Abdullaev, Sardor Mirzaev, Timur Kapadze (Sanjar Shoahmedov, 59), Islom To`xtaxo`jaev, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Jaloliddin Masharipov (Diyor Turopov, 75).

Zaxira: Ma`mur Ikromov, Salim Mustafoev, Sherzod Fayziev, Murod Bobojonov. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb