
Xabaringiz bor, 4 dekabr kuni soat 15:00da «Bunyodkor» stadionida O`zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo`lib o`tadi.
Finalda Toshkentning ikki jamoasi —“Bunyodkor” va “Lokomotiv” o`zaro kurash olib boradi.
Mana shu uchrashuv oldidan 3 dekabr yakshanba kuni “Bunyodkor” stadionining anjumanlar zalida har ikki jamoa bosh murabbiylari va etakchi futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani o`tkaziladi.
Soat 15:00da jurnalistlar savollariga “Bunyodkor” bosh murabbiyi va jamoa etakchisi javob berishadi. Soat 15:30da esa “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi va jamoaning etakchi futbolchisi matbuot anjumanida ishtirok etadi.
Matbuot anjumaniga jurnalistlar mavsum boshida PFL tomonidan taqdim qilingan akkreditatsiyalar orqali kirishlari mumkin.