
Shu kunlarda BAAning Abu Dabi shahrida FIFA tomonidan 2018 yilda o`tkaziladigan Jahon Chempionatiga saralangan 36 nafar hakamlarning o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkazilmoqda.
Ushbu yig`inda o`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ham qatnashyapti. O`quv-mashg`ulot yig`ini 30 noyabrga qadar davom etadi.
Shuningdek, 25-30 noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida OFK tomonidan hakamlar uchun seminar tashkillashtirilgan bo`lib, u erda o`zbekistonlik hakamlar attestatsiyadan o`tishmoqda. Attestatsiya davomida hakamlar jismoniy tayyorgarlik bo`yicha test sinovlari topshirishadi, futbol o`yini qoidalari bo`yicha nazariy imtihon va videomateriallar asosida tayyorlangan testlardan o`tishadi.
Ushbu seminarda O`zbekistondan Asimov Aziz, Qosimov Sherzod, Shodmonov Husniddin, Serazetdinov Ruslan, Gaynullin Timur, Tsapenko Andrey, Usmonov Alisher, Mirabidova Edita, Sidorova Anna, Rahmatova Zilola va Sereda Kristina qatnashmoqda.