
Shu yilning 6-16 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarda Klublar o`rtasida Jahon Chempionati bo`lib o`tadi.
O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ushbu musobaqada o`z brigadasi bilan ishtirok etadi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.
Shuningdek, 6-16 dekabr kunlari Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi (SAFF) tomonidan o`tkaziladigan terma jamoalar ishtirokidagi musobaqada Valentin Kovalenko bosh hakam, Ruslan Serazitdinov esa yordamchi hakam sifatida o`yinlarni boshqaradilar.Mazkur turnirda Janubiy Koreya, Xitoy, KDXR, Yaponiya davlatlari terma jamoalari qatnashishini ham ta`kidlab o`tish zarur.
Ushbu musobaqalar bir vaqtda ayollar jamoalari o`rtasida ham o`tkaziladi va unda O`zbekistondan Edita Mirobidova bosh hakam, Zilola Rahmatova esa yordamchi hakam sifatida qatnashadi.
2018 yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda o`tkaziladigan 23 yoshgacha yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatida quyidagi hakamlarimiz ish olib boradilar: Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov.
Bundan tashqari, o`zbekistonlik FIFA instruktori Farhod Abdullaev ushbu musobaqaga hakamlar yo`riqchisi sifatida taklif etilgan.