FIFA Prezidenti Janni Infantino “Lokomotiv” futbol klubini chempionlik bilan tabrikladi

FIFA Prezidenti Janni Infantino “Lokomotiv” futbol klubini chempionlik bilan tabriklab, O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov nomiga xat yo`lladi.

Xatda Janni Infantino O`zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan mamlakatda futbolni yuqori bosqichga olib chiqish, milliy futbol saviyasini oshirish maqsadida  amalga oshirilayotgan islohotlar va chora-tadbirlarga yuqori baho berar ekan, buning uchun butun dunyo futbol jamoatchiligi nomidan o`z minnatdorchiligini bildirib o`tgan. 

Shuningdek, FIFA Prezidenti  “Lokomotiv” futbol klubi ketma-ket ikkinchi marta mana shunday yuksak natijani qo`lga kiritgani klubning barcha xodimlari mehnati natijasi ekanligini ta`kidlab, “Lokomotiv” futbolchilari, murabbiylari, barcha xodimlari, shuningdek, jamoa ishqibozlariga o`zining ezgu tilaklarini yo`llagan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb