Buxoroda o`smirlar o`rtasida Respublika chempionati bo`lib o`tmoqda

Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, bolalar va o`smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O`zbekiston Futbol Federatsiyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Ana shunday chora-tadbirlar doirasida bolalar, o`smirlar va yoshlar ishtirokida turli musobaqalar tashkil etilib,  mazkur musobaqalarda yosh futbolchilarning faol ishtirok etishi yo`lga qo`yilmoqda.

Ayni kunlarda Buxoro shahrida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar terma  jamoalarining  2000-yilda tug`ilgan o`smirlar guruhlari o`rtasida Respublika chempionati bo`lib o`tmoqda. Chempionatda 12ta jamoa 4ta guruhga bo`lingan holda qatnashyapti. 

“A” guruhi: Buxoro, Toshkent viloyati, Jizzax

“B” guruhi: Andijon, Sirdaryo, Xorazm

“S” guruhi: Samarqand, Qashqadaryo, Qoraqalpog`iston Respublikasi

“D”guruhi: Farg`ona, Toshkent shahri, Namangan

Kecha 27 noyabr kuni chorak final o`yinlari bo`lib o`tdi. Natijalar bilan tanishing: 

Toshkent viloyati – Namangan 2:0

Andijon – Qashqadaryo 2:0

Toshkent shahri – Jizzax 1:0

Samarqand – Sirdaryo 1:1 

9-12 o`rinlar uchun — Buxoro – Farg`ona 1:0

9-12 o`rinlar uchun — Xorazm - Qoraqalpog`iston Respublikasi 1:0

 

Bugun musobaqaning yarim final bahslari bo`lib o`tadi. 

11-12 o`rinlar uchun — Farg`ona – Xorazm

9-10 o`rinlar uchun — Buxoro - Qoraqalpog`iston Respublikasi

5-8 o`rinlar uchun — Namangan – Samarqand

5-8 o`rinlar uchun — Qashqadaryo – Jizzax

1-4 o`rinlar uchun — Toshkent viloyati – Sirdaryo

1-4 o`rinlar uchun — Andijon – Toshkent shahri  

Musobaqa 29 noyabr kuni o`z nihoyasiga etadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb