Hakamlarni attestatsiyadan o`tkazish jarayoni 6 dekabrdan boshlanadi

Avval xabar berilganidek, O`zbekiston Futbol Federatsiyasi xodimlar malakasini oshirish, o`z kasbining mutaxassisi bo`lgan insonlar federatsiya tarkibida ishlashini ta`minlash maqsadida, o`zbekistondagi murabbiylar, hakamlar va viloyat futbol federatsiyalari xodimlarini attestatsiyadan o`tkazilishi belgilangandi.

Shunga ko`ra, shu yilning 6-7 dekabr kunlari Toshkent shahrida 25 nafar yosh hakamlarni attestatsiyadan o`tkazish ishlari olib boriladi. Attestatsiyada xakamlar jismoniy tayyorgarlik hamda futbol o`yini qoidalari bo`yicha sinovdan o`tadilar va video materiallardan tayyorlangan testlarni topshiradilar.

Shuningdek, 15-16 dekabr kunlari  Toshkent shahrida Oliy va Birinchi liga bosh hakamlari hamda Oliy liga laynsmenlarini attestatsiyadan o`tkazish jarayoni bo`lib o`tadi.

2018 yilning  10 yanvaridan 20 fevraliga qadar bo`lgan davrda Birinchi Liga yordamchi hakamlari va dastlabki sinovdan o`tgan yosh hakamlar va hakamlar inspektorlari attestatsiyadan o`tishadi.

Kelasi yilning 10-20 fevral kunlari Oliy liga xakamlari uchun Turkiyaning Antaliya shahrida o`quv mashg`ulot yig`ini tashkillashtirish ham rejalashtirilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb