Superliga va Pro-liga futbolchilarining jismoniy holati nazorat qilib boriladi

Kelasi yildan boshlab Superliga va Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning  jismoniy holati  O`zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.

Mazkur test- sinovlari tizimi O`zbekiston Futbol Federatsiyasining Texnik bo`limi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi.

Maxsus sinovlar mavsum davomida tasdiqlangan reja asosida uch marotaba o`tkaziladi va natijalari tahlil qilib boriladi. Test-sinovlari maxsus innovatsion texnologik vositalar orqali o`tkazilishini ham alohida ta`kidlab o`tish kerak.

Sinovlardan muvaffaqiyatli o`tgan futbolchilar o`z klublari tarkibida Superliga va Birinchi liga bahslarida ishtirok etishlari mumkin. Sinovlardan o`tolmagan futbolchilarni esa chempionat o`yinlaridan chetlashtirish ko`zda tutilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb