PFL Bosh direktori Yaponiya Professional Futbol Ligasi rahbari bilan uchrashuv o`tkazdi

25 noyabr kuni Yaponiyaning Saytama shahrida bo`lib o`tadigan Osiyo Chempionlar ligasi final bahsini bevosita stadiondan kuzatib borish uchun O`zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Omon G`ofurov Yaponiyaga jo`nab ketgani haqida avval xabar berilgandi.

Omon G`ofurov bugun, 24 noyabr kuni Yaponiya Professional Futbol Ligasi rahbari Mitsuru Murai  bilan rasmiy uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuv davomida O`zbekiston Futbol Federatsiyasi va Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi o`rtasida 17 noyabr kuni imzolangan memorandum asosidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Yaponiya Professional Futbol Ligasi tomonidan o`tkazilayotgan musobaqalar tartibi, marketing, homiylik masalalari o`rganildi va tajribalar o`rtoqlashildi.

Bundan tashqari, Mitsuru Murai PFL Bosh direktori Omon G`ofurovniYaponiya Professional Futbol Ligasi tomonidan klublar oldiga qo`yiladigan talablar, bu talablarni bajarish uchun klublar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan ham yaqindan tanishtirdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb