
Shu yilning 4 dekabr, dushanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida O`zbekiston Kubogi–2017 musobaqasining final bellashuvi bo`lib o`tadi.
Final o`yinida poytaxtning ikki jamoasi – “Bunyodkor” va “Lokomotiv” o`zaro bahs olib boradi. Bellashuv 15:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Final o`yinida media tribunada sharoit yaratish va stadionda xavfsizlikni ta`minlash maqsadida OAV vakillari mavsum boshida berilgan akkreditatsiya kartochkalari bilan ro`yxat bo`yicha stadionga kiritiladi.
Shu sababli, O`zbekiston Kubogi–2017 final o`yiniga tashrif buyurmoqchi bo`lgan OAV tashkilot nomidan media@the-uff.com elektron manziliga jurnalistlar ro`yxatini taqdim etishlari so`raladi.