Buxoro shahrida Oliy va Birinchi Liga klublari qoshidagi futbol maktablarining 2001–2002 yilllarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari o`rtasidagi O`zbekiston Birinchiligi final bosqichi bo`lib o`tdi.
Jami 8 jamoa ishtirok etgan musobaqa finalida “Bunyodkor” hamda “Paxtakor” jamoalari tarbiyalanuvchilari o`zaro to`qnash kelishdi. Asosiy vaqt 0:0 hisobida yakuniga etgach, o`tkazilgan penaltilar bahsida yosh “qaldirg`ochlar” 4:3 hisobida g`alabaga erishib, musobaqa g`olibligini qo`lga kiritishdi.
3-o`rin uchun bahsda esa “Uz-Dong-Ju” “Buxoro”dan ustun keldi. E`tiborli jihati shundaki, ushbu o`yinda ham g`olib penaltilar bahsida aniqlandi.
Ta`kidlash joizki, bu kabi musobaqalar yosh futbolchilarni katta futbolga tayyorlash, selektsiya jarayonini o`tkazish, futbolchilar orasidan munosiblarini tashlash uchun xizmat qiladi.