2001–2002 yillarda tavallud topgan futbolchilar o`rtasidagi O`zbekiston Birinchiligi finalchilari aniqlandi

Xabaringiz bor, Buxoro shahrida Oliy va Birinchi Liga klublari qoshidagi futbol maktablarining 2001–2002 yilllarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari o`rtasidagi O`zbekiston Birinchiligi final bosqichi bo`lib o`tmoqda.

Bugun jami 8 jamoa ishtirok etayotgan mazkur turnirda 5- va 7-o`rinlar uchun bahslar, shuningdek, yarim final o`yinlari o`tkazildi.

 

7-o`rin uchun o`yin:

“Nasaf” (Qarshi) – “Mash`al” (Muborak) 4:1

 

5-o`rin uchun o`yin:

“Neftchi” (Farg`ona) – “Navbahor” (Namangan) 3:2

 

Yarim final:

“Paxtakor” (Toshkent) – “Buxoro” (Buxoro) 2:1

“Bunyodkor” (Toshkent) – “Uz-Dong-Ju” (Andijon) 2:0

 

Shu tariqa, finalga “Bunyodkor” hamda “Paxtakor” jamoalari tarbiyalanuvchilari yo`l olishdi. Final bahsi ertaga bo`lib o`tadi. 

Ta`kidlab o`tamiz, bu kabi musobaqalar yosh futbolchilarni katta futbolga tayyorlash, selektsiya jarayonini o`tkazish, futbolchilar orasidan munosiblarini tashlash uchun xizmat qiladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb