Buxoro shahrida Oliy va Birinchi Liga klublari qoshidagi futbol maktablarining 2001–2002 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari o`rtasidagi O`zbekiston Birinchiligi final bosqichi bo`lib o`tayotgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu musobaqada guruh bosqichi bahslari yakuniga etdi. “A” guruhidan “Paxtakor” hamda “Uz-Dong-Ju” jamoalari, “B” guruhidan “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalari tarbiyalanuvchilari yarim finalda ishtirok etish huquqini qo`lga kiritishdi. 5-o`rin uchun o`yinda “Neftchi” va “Navbahor” vakillari o`zaro to`qnash kelishadigan bo`ldi. 7-o`rin uchun esa “Nasaf” va “Mash`al” tarbiyalanuvchilari bahs yuritishadi.
Guruh bosqich o`yinlari natijalari:
1-tur (9 noyabr):
“Paxtakor” (Toshkent) – “Neftchi” (Farg`ona) 2:0
“Uz-Dong-Ju” (Andijon) – “Nasaf” (Qarshi) 1:1
“Bunyodkor” (Toshkent) – “Mash`al” (Muborak) 1:0
“Navbahor” (Namangan) – “Buxoro” (Buxoro) 2:2
2-tur (10 noyabr):
“Nasaf” (Qarshi) – “Neftchi” (Farg`ona) 2:2
“Uz-Dong-Ju” (Andijon) – “Paxtakor” (Toshkent) 5:4
“Buxoro” (Buxoro) – “Mash`al” (Muborak) 1:1
“Navbahor” (Namangan) – “Bunyodkor” (Toshkent) 1:4
3-tur (12 noyabr):
“Nasaf” (Qarshi) – “Paxtakor” (Toshkent) 0:0
“Uz-Dong-Ju” (Andijon) – “Neftchi” (Farg`ona) 1:2
“Buxoro” (Buxoro) – “Bunyodkor” (Toshkent) 1:3
“Navbahor” (Namangan) – “Mash`al” (Muborak) 9:6
Yarim final juftliklari:
“Paxtakor” (Toshkent) - “Buxoro” (Buxoro)
“Bunyodkor” (Toshkent) - “Uz-Dong-Ju” (Andijon)
Ertaga musobaqada g`olib va sovrindorlar aniqlanadi.