3-4 noyabr kunlari Oliy Liga jamoalari mamlakat chempionatining 27-tur o`yinlarini o`tkazishdi.
27-tur siz-u bizga bir qator kutilgan va kutilmagan natijalarni taqdim etdi.
27-tur uchrashuvlari:
“Neftchi” (Farg`ona) – “Lokomotiv” (Toshkent) 0:0.
“So`g`diyona” (Jizzax) – “Paxtakor” (Toshkent) 0:1.
“Bunyodkor” (Toshkent) – “Navbahor” (Namangan) 2:2.
“Olmaliq” (Olmaliq) – “Sho`rtan” (G`uzor) 3:1.
“Nasaf” (Qarshi) – “Metallurg” (Bekobod) 2:0.
“Buxoro” (Buxoro) – “Qo`qon-1912” (Qo`qon) 2:2.
“Qizilqum” (Navoiy) – “Dinamo” (Samarqand) 1:0.
“Mash`al” bu turda dam oldi.
27-tur doirasida musobaqa jadvali peshqadami “Lokomotiv” safarda “Neftchi” bilan durang o`ynadi. Peshqadamlar safida borayotgan “Nasaf” hamda “Paxtakor” esa g`alaba qozonishdi. Natijada “Lokomotiv” hamda uning ta`qibchilari o`rtasidagi farq biroz qisqardi.
3ta uchrashuvda durang qayd etildi. 1ta o`yinda mehmon jamoa g`alabaga erishdi. Yana 3ta bellashuv esa mezbonlarning g`alabasi bilan yakuniga etdi. 27-turda jamoalarning darvozalari umumiy hisobda 16 marta ishg`ol etildi. “Lokomotiv”ga qarshi o`yinda “Neftchi” futbolchisi Muhsinjon Ubaydullaev raqib darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmadi.
27-turda stadionlarimizga jami 31473 nafar ishqiboz tashrif buyurdi. Eng ko`p tomoshabin yiqqan uchrashuv “Buxoro” hamda “Qo`qon” jamoalari qarama-qarshiligi bo`ldi. Mazkur o`yinni 14605 nafar muxlis bevosita stadiondan kuzatdi.
Tomoshabinlar tashrifi:
“Buxoro” (Buxoro) – “Qo`qon-1912” (Qo`qon) 2:2. 14605 tomoshabin.
“Qizilqum” (Navoiy) – “Dinamo” (Samarqand) 1:0. 8107 tomoshabin.
“Nasaf” (Qarshi) – “Metallurg” (Bekobod) 2:0. 3450 tomoshabin.
“So`g`diyona” (Jizzax) – “Paxtakor” (Toshkent) 0:1. 2350 tomoshabin.
“Neftchi” (Farg`ona) – “Lokomotiv” (Toshkent) 0:0. 1121 tomoshabin.
“Olmaliq” (Olmaliq) – “Sho`rtan” (G`uzor) 3:1. 1112 tomoshabin.
“Bunyodkor” (Toshkent) – “Navbahor” (Namangan) 2:2. 728 tomoshabin.
27-turda hakamlar 30 marta o`z cho`ntaklaridan sariq kartochka olishga majbur bo`lishdi. Bu turda hech bir futbolchi maydondan chetlatilgani yo`q.
27-turdan so`ng Oliy Liga musobaqa jadvalida aytarli o`zgarishlar yuzaga kelgani yo`q. Jadval esa ayni paytda quyidagicha ko`rinish olgan:
|
№ |
JAMOA |
O` |
G` |
D |
M |
T-N |
O |
|
1 |
Lokomotiv |
27 |
19 |
4 |
4 |
57-17 |
61 |
|
2 |
Nasaf |
27 |
18 |
2 |
7 |
51-17 |
56 |
|
3 |
Paxtakor |
27 |
16 |
5 |
6 |
42-24 |
53 |
|
4 |
Bunyodkor |
27 |
12 |
10 |
5 |
37-24 |
46 |
|
5 |
Buxoro |
27 |
12 |
7 |
8 |
41-35 |
43 |
|
6 |
Qo`qon-1912 |
27 |
11 |
8 |
8 |
38-38 |
41 |
|
7 |
Navbahor |
27 |
10 |
10 |
7 |
34-34 |
40 |
|
8 |
Mash`al |
27 |
10 |
8 |
9 |
31-29 |
38 |
|
9 |
Olmaliq |
27 |
10 |
8 |
9 |
27-28 |
38 |
|
10 |
Metallurg |
27 |
10 |
4 |
13 |
38-37 |
34 |
|
11 |
Qizilqum |
27 |