O`zbekiston Futbol Federatsiyasi majlislari zalida bugun, 1 noyabr kuni navbatdagi yig`ilish bo`lib o`tdi.
Yig`ilishda O`zbekiston chempionatida faoliyat yuritayotgan hakam va nazoratchilar ishtirok etdi. Tadbir qatnashchilariga O`zbekiston Professional Futbol Ligasining yangi direktori Omon G`ofurov tanishtirildi.
Yig`ilish davomida, shuningdek, hakam va nazoratchilarga chempionatning qolgan o`yinlarida o`z ishiga bo`lgan mas`uliyatni hamda hakamlik va nazoratchilik sifatini oshirish kerakligi ta`kidlandi.