O`zbekiston milliy terma jamoasining BAAda o`tadigan o`rtoqlik o`yini hamda 28-tur uchrashuvlari sanasi o`zgargani munosabati bilan musobaqalar reglamenti 4.16 bandiga asosan Oliy Liga 29-30-tur o`yinlari sana hamda boshlanish vaqtlariga o`zgarish kiritildi.
Unga ko`ra, Oliy Liga 29-tur uchrashuvlari 21-22 noyabrdan 19 noyabrga ko`chirildi va o`yinlarning boshlanish vaqti 14:00 etib belgilandi.
30-tur o`yinlari esa 25 noyabr sanasida bo`lib o`tadi va barcha uchrashuvlar soat 14:00da boshlanadi.