Oliy Liga 26-tur uchrashuvlari sarhisobi

Xabaringiz bor, 25-27 oktyabr kunlari milliy chempionatimizda 26-tur uchrashuvlari o`tkazildi. Tur doirasidan o`rin olgan bir qator o`yinlarda muxlislar kutgan va kutmagan natijalar qayd etildi. Quyida tur o`yinlarining sarhisobini e`tiboringizga havola etamiz.

 

26-turdagi uchrashuvlar:

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Qo`qon-1912” (Qo`qon) 3:0

“Metallurg” (Bekobod) – “Olmaliq” (Olmaliq) 3:2

“Neftchi” (Farg`ona) – “Qizilqum” (Navoiy) 2:0

“Navbahor” (Namangan) – “Buxoro” (Buxoro) 1:0

“Paxtakor” (Toshkent) – “Bunyodkor” (Toshkent) 1:0

“Mash`al” (Muborak) – “Nasaf” (Qarshi) 1:2

“Sho`rtan” (G`uzor) – “So`g`diyona” (Jizzax) 3:1

“Dinamo” bu turda dam oldi.

 

Ta`kidlash joizki, 26-turda jamoalar tomonidan jami 19ta gol kiritildi. Ushbu gollardan bittasi avtogol sifatida qayd etildi. Shuningdek, “Neftchi” – “Qizilqum” bahsida Sherzod Hakimov penaltini aniq amalga oshira olmadi.

O`tkazilgan 7ta o`yinning 6tasida mezbonlar zafar quchishdi. “Nasaf” esa bu turda safardan g`alaba bilan qaytgan yagona jamoa bo`ldi. Shuningdek, ushbu turda durang natija qayd qilinmaganini e`tirof etish lozim.

 

Stadionlarga muxlislar tashrifi:

“Navbahor” (Namangan) – “Buxoro” (Buxoro) 1:0. 5572 tomoshabin.

“Paxtakor” (Toshkent) – “Bunyodkor” (Toshkent) 1:0. 5251 tomoshabin.

“Mash`al” (Muborak) – “Nasaf” (Qarshi) 1:2. 3837 tomoshabin.

“Sho`rtan” (G`uzor) – “So`g`diyona” (Jizzax) 3:1. 1752 tomoshabin.

“Neftchi” (Farg`ona) – “Qizilqum” (Navoiy) 2:0. 1213 tomoshabin.

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Qo`qon-1912” (Qo`qon) 3:0. 1093 tomoshabin.

“Metallurg” (Bekobod) – “Olmaliq” (Olmaliq) 3:2. 579 tomoshabin.

 

Ushbu turda o`tkazilgan o`yinlar ichida Namanganda o`tgan “Navbahor” – “Buxoro” matchini eng ko`p ishqiboz stadiondan kuzatdi. Ushbu o`yinga 5572 nafar muxlis tashrif buyurdi. Eng kam muxlis kelgan o`yin esa “Metallurg” – “Olmaliq” bahsi bo`ldi. Bekoboddagi uchrashuvni 579 nafar tomoshabin stadiondan kuzatdi. 

Tur doirasidagi aksariyat o`yinlar shiddatli ruhda o`tgani bois hakamlar tez-tez cho`ntaklaridan kartochka olishga “majbur” bo`lishdi. 26-turda umumiy hisobda 31 nafar futbolchiga sariq kartochka, 2 nafar o`yinchiga esa qizil kartochka ko`rsatildi.

Mazkur turdan so`ng musobaqa jadvalining yuqori qismida aytarli o`zgarishlar bo`lgani yo`q. “Lokomotiv” jamoasi hamon yakka peshqadamlikni qo`lda saqlab turibdi. Jadvalning quyi qismida borayotgan “Neftchi” hamda “Sho`rtan” klublari esa ushbu turda g`alabaga erishib, muhim 3 ochko qo`lga kiritishdi.

 

Musobaqa jadvali:

 

KLUB

O`

G`

D

M

T-N

O

1

 Lokomotiv

26

19

3

4

57-17

60

2

 Nasaf

26

17

2

7

49-17

53

3

 Paxtakor

26

15

5

6

41-24

50

4

 Bunyodkor

26

12

9

5

35-22

45

5

 Buxoro

26

12

6

8

39-33

42

6

 Qo`qon-1912

26

11

7

8

36-36

40

7

 Navbahor

26

10

9

7

32-32

39

8

 Mash`al

26

mib
uzcard
cola
apex
bmb