20-21 oktyabr kunlari Oliy Ligada 25-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Tur doirasida bir qator qiziqarli tarzda o`tishi kutilayotgan bellashuvlar mavjud.
Quyida tur start olishidan avval uchrashuvlarga oid ma`lumotlarni taqdim etamiz.
Oliy Liga, 25-tur
20 oktyabr, juma
“Olmaliq” (Olmaliq) – “Mash`al” (Muborak)
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), Sh. Nasibullaev (Namangan).
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent)
PFL vakili: V. Shtern
25-turda musobaqa jadvalining 8- hamda 9-pog`onalarini egallab turgan “Olmaliq” va “Mash`al” jamoalari o`zaro bahs olib borishadi. Mazkur ikki klub Oliy Liga doirasida shu paytgacha 17 marta o`zaro to`qnash kelishgan. O`tkazilgan o`yinlarning 9tasida muborakliklar, 4tasida esa olmaliqliklar g`alaba qozonishgan. Yana 4ta bahs durang natija bilan yakunlangan. To`plar nisbati – 18-22 “gazchilar” foydasiga.
Birinchi davradagi o`yin: 0:0 (durang)
“So`g`diyona” (Jizzax) – “Metallurg” (Bekobod)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynullin (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi).
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent)
PFL vakili: B. Haydarov.
Musobaqa jadvalida “xavfli zona”dan biroz tepada borayotgan “So`g`diyona” bu turda Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Qiziq jihati shundan iboratki, bu safargi o`yin jamoalar uchun navbat bo`yicha 32-match bo`ladi va unda g`alaba qozongan klub o`zaro uchrashuvlarda kichik ustunlikka ega bo`ladi. Boisi tomonlar hozirga qadar 31 marta bahs yuritishgan va 12 martadan g`alabaga erishishgan. 7ta o`yinda esa g`olib aniqlanmagan – durang. Raqib darvozasini ishg`ol etish bobida esa jizzaxliklar biroz oldinda – 45-43.
Birinchi davradagi o`yin: 1:3 (“Metallurg” g`alaba qozongan)
“Nasaf” (Qarshi) – “Dinamo” (Samarqand)
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), A. Tsapenko (Toshkent vil.), S. Ulfatov (Toshkent vil.), E. Tursunov (Buxoro).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent)
PFL vakili: R. Chernikov.
Oliy Ligada 2-o`rinni band etib turgan Qarshining “Nasaf” klubi 25-turni o`z uyida “Dinamo”ga qarshi o`tkazadi. Ushbu jamoalarning o`zaro bellashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, “Nasaf” o`tkazilgan 37ta o`yinning 19tasida g`olib bo`lgan. “Dinamo” esa 7ta matchda zafar quchgan. 11ta bahsda esa g`olib nomi aniqlanmagan – durang. “Nasaf” futbolchilari samarqandliklar darvozasini 52 bor ishg`ol etishgan. “Dinamo” vakillari esa 35 bor muvaffaqiyat qozonishgan.
Birinchi davradagi o`yin: 1:1 (durang)
“Qizilqum” (Navoiy) – “Lokomotiv” (Toshkent)
Hakamlar: T. To`xtasinov (Andijon), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), K. Rasulov (Qarshi).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent)
PFL vakili: N. Lutfulin.
Mamlakatimizning amaldagi chempioni “Lokomotiv” hozirda 54 ochko bilan musobaqa jadvalining peshqadami bo`lib turibdi. “Temiryo`lchilar” 25-turda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi maydoniga safar uyushtirishadi. Ta`kidlash joizki, bu ikki klub hozirgacha milliy chempionatlarimiz doirasida 25 marta o`zaro o`yin o`tkazishgan. O`yinlarning 14tasida “Lokomotiv”, 7tasida “Qizilqum” zafar quchgan, 4ta bahsda durang natija qayd etilgan. To`plar nisbati 18-36 “Lokomotiv” foydasiga.
Birinchi davradagi o`yin: 0:2 (“Lokomotiv” g`alaba qozongan)
21 oktyabr, shanba
“Bunyodkor” (Toshkent) – “Sho`rtan” (G`uzor)
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. To`ychiboev (Farg`ona).
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent)
PFL vakili: F. Magametov.
Musobaqa jadvalida “kuchli uchlik”ka kirishga urinayotgan “Bunyodkor” bu turni o`z uyida G`uzorning “Sho`rtan” klubiga qarshi o`tkazadi. “Sho`rtan” bilan o`yinlarda ancha muvaffaqiyatli o`ynaydigan “qaldirg`ochlar” hozirga qadar ushbu klubga qarshi bellashuvlarning 19tasidan 13tasini o`z foydalariga hal etishgan. G`uzorlik futbolchilar esa “Bunyodkor”ni faqat 2 marta mag`lub etishning uddasidan chiqishgan. Yana 4ta uchrashuv durang natija bilan nihoyasiga etgan. To`plar nisbati 35-4 toshkentliklar foydasiga.
Birinchi davradagi o`yin: 0:1 (“Sho`rtan” g`alaba qozongan)
“Buxoro” (Buxoro) – “Paxtakor” (Toshkent)
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po`latov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus).
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
PFL vakili: Sh. Rajabov.
25-turning markaziy bahsi Buxoroda bo`lib o`tadi. Unda musobaqa jadvalining yuqori pog`onalari uchun bahs olib borayotgan ikki jamoa o`zaro to`qnash keladi. Qayd etish joizki, “Buxoro” hamda “Paxtakor” qarama-qarshiligi milliy chempionatimizdagi eng ko`xna to`qnashuvlardan biri sanaladi. Mazkur jamoalar hozirgacha 49 ta o`yin o`tkazishgan. Bu safargi match yubiley – 50-qarama-qarshilik bo`ladi. 36ta o`yinda “Paxtakor” futbolchilari g`alabaga erishishgan. 6ta match esa buxoroliklar foydasiga hal bo`lgan. 9ta o`yin esa durang natijasi bilan tugagan. To`plar nisbati 34-105 “Paxtakor” foydasiga.
Birinchi davradagi o`yin: 1:2 (“Paxtakor” g`alaba qozongan)
“Qo`qon-1912” (Qo`qon) – “Navbahor” (Namangan)
Hakamlar: H. Ro`ziev (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent).
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
PFL vakili: A. Frolov.
25-tur doirasida Qo`qonda “Vodiy derbisi” bo`lib o`tadi. Unda musobaqa jadvalining 6- hamda 7-o`rinlarida borayotgan “Qo`qon-1912” va “Navbahor” klublari o`zaro to`qnash kelishadi. Anchagina qiziqarli tarzda o`tishi kutilayotgan mazkur uchrashuv oldidan jamoalarning o`zaro o`yinlari tarixiga nazar tashlasak, “Navbahor” hozirgacha o`tkazilgan 23ta o`yinning 15tasida g`alaba qozongan. Qo`qonliklar esa 4ta matchda 3 ochkoga ega chiqishgan. Yana 4ta o`yin durang bilan yakunlangan. O`zaro uchrashuvlardagi to`plar nisbati 25-50 namanganliklar foydasiga.
Birinchi davradagi o`yin: 1:1 (durang)