Xabaringiz bor, Oliy Ligada 24-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Chempionat to`purarlari bahsida yakka peshqadam bo`lib turgan “Lokomotiv” jamoasi hujumchisi Marat Bikmaev bu turda ham o`z hisobiga gol yozdirib qo`yishga muvaffaq bo`ldi.
Natijada mahoratli hujumchi hisobidagi gollar soni 20taga etdi. Bikmaev hozirga qadar urgan gollarining 5tasini 11 metrli nuqtadan kiritishga muvaffaq bo`lgan.
To`purarlar poygasida ikkinchi o`rinda “Nasaf” jamoasining serbiyalik hujumchisi Dragan Cheran bormoqda. Ushbu futbolchi hozircha 13 marta raqiblari darvozasini ishg`ol etishga erishdi. Shulardan 3ta gol penaltidan kiritilgani diqqatga sazovordir.
3-4 o`rinlarni esa mos ravishda “Bunyodkor” a`zosi Dostonbek Hamdamov va “So`g`diyona” futbolchisi Sanjar Rashidov egallab turishibdi. Ikkala futbolchi hisobida ham 12tadan gol mavjud.
Shuningdek, ortda qolgan turda muvaffaqiyat qozongan “Metallurg” hujumchisi Zohid Abdullaev 11ta gol urishga muvaffaq bo`lgan.
Igor Sergeev (“Paxtakor”) va Ivan Nagaev (“Buxoro”) hozirgacha 10 martadan raqiblar darvozalarini ishg`ol etishdi.
To`purarlar bahsi:
|
№ |
Futbolchi |
Jamoasi |
Gol |
Penaltidan |
|
1 |
Marat Bikmaev |
Lokomotiv |
20 |
5 |
|
2 |
Dragan Cheran |
Nasaf |
13 |
3 |
|
3-4 |
Dostonbek Hamdamov |
Bunyodkor |
12 |
|
|
3-4 |
Sanjar Rashidov |
So`g`diyona |
12 |
3 |
|
5 |
Zohid Abdullaev |
Metallurg |
11 |
|
|
6-7 |
Igor Sergeev |
Paxtakor |
10 |
1 |
|
6-7 |
Ivan Nagaev |
Buxoro |
10 |
4 |
|
8 |
Suhrob Berdiev |
Qo`qon-1912 |
9 |
|
|
9-12 |
Bahrom Abdurahimov |
Nasaf |
7 |
|
|
9-12 |
Humoyun Murtazoev |
Mash`al |
7 |
|
|
9-12 |
Filip Raevats |
Qo`qon-1912 |
7 |
|
|
9-12 |
Igor Taran |
Sho`rtan |
7 |
|