Tartib-intizom Qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom Qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi o`tkazildi.

 

O`zbekiston Kubogi

Nasafga qarshi O`zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvi yakunlanganidan keyin Nasaf klubi muxlislariga qarata nomaqul hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun Lokomotiv klubi ma`muri B. Ismoilov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

 

Birinchi Liga

“Yangier” – “Mash`al” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Yangier” klubi futbolchisi A. Jo`raboev 4ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

 

“Norin”ga qarshi uchrashuvda raqib jamoa ustoziga nisbatan bexurmat so`zlar ishlatgani uchun “Surxon” jamoasi futbolchisi S. Xolmatov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

 

“Surxon” jamoasi bilan bo`lgan uchrashuvdan so`ng zaxira hakami nomiga nomaqul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Mash`al-2” jamoasi futbolchisi M. Yusupov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

 

“Yozyovon-Lochinlari” jamoasiga qarshi uchrashuvda o`zini maydonda juda qo`pol ravishda tutgani bois maydondan chetlatilgan “Orol” jamoasi futbolchisi M. Qarliboev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

 

“Orol”ga qarshi uchrashuvda maydonda o`zini qo`pol ravishda tutgani uchun “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi futbolchisi U. Olimov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

 

“Xorazm” jamoasiga qarshi uchrashuvda o`yin qoidasini qo`pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan “Norin” klubi futbolchisi A. Mamazoitov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

 

Yoshlar Ligasi

“Nasaf”ga qarshi o`tgan uchrashuvda “Obod” klubi futbolchisi U. Inoyatillaev ataydan raqibining yuziga zarba berishga uringani uchun maydondan chetlatilgandi. Shuning uchun ushbu futbolchi 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

 

“Bunyodkor” bilan bo`lgan uchrashuvda o`yin qoidasini qo`pol ravishda buzgan “Mash`al” klubi futbolchisi J. Mirzaqulov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb