“Paxtakor” – “Qo`qon-1912”: Hakamlar brigadasi chetlatildi

Oliy Liga 24-turida doirasidagi “Paxtakor” – “Qo`qon-1912” o`yinidagi hakamlik darajasi yuzasidan O`FF hakamlar va nazoratchilar qo`mitasi favqulodda yig`ilish o`tkazdi.

Unda 14 oktyabr kuni Toshkentda bo`lib o`tgan “Paxtakor” – “Qo`qon-1912” o`yinini boshqargan hakamlar brigadasining ishi o`rganib chiqildi.

O`FFning hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tarkibidagi ilmiy-uslubiy ta`minoti bo`limi mazkur o`yinda maydonda bosh hakam sifatida ishlagan Vadim Agishev, uning yordamchilari Bahodir Bahromov hamda Nabijon Ro`zimovning hakamligini alohida ko`rib chiqdi. Natijada Vladimir Shtern boshchiligidagi guruh maydondagi barcha hakamlar uchrashuvni sifatsiz boshqargan va o`yin tizginini qo`ldan chiqargan deb baholadi.  

Shu asosda, hakamlar va nazoratchilar qo`mitasi bosh hakam Vadim Agishev, uning yordamchilari Bahodir Bahromov va Nabijon Ro`zimov, to`rtinchi hakam Asker Najafalievlarni O`zbekiston chempionati, 1-liga, kubok va yoshlar birinchiligi bahslaridan mavsum oxirigacha chetlatish haqida qaror qabul qildi.

 

Hakamlar brigadasi a`zolariga bahoni ko`tarib qo`yganligi uchun o`yin inspektori Igor Nixochin ham O`zbekiston chempionati, 1-liga, Kubok va yoshlar birinchiligidan mavsum oxirigacha chetlatildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb