O`zbekiston Kubogi–2017 finali 4 dekabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi

O`zbekiston Kubogining final o`yini 4 dekabr, dushanba kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida bo`lib o`tadi. “Lokomotiv” va “Bunyodkor” maydonga tushadigan uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.

O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Professional Futbol Ligasi bilan hamkorlikda kubok finalini bayramona tarzda o`tkazish maqsadida o`yindan oldin musiqiy shou-dastur o`tkazishni rejalashtiryapti.

«Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalari o`rtasidagi finalni Birlashgan Arab Amirliklari vakillari bo`lgan hakamlar guruhi boshqaradi. Mazkur o`yinda Muhammad Abdulla Hasan bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda Muhammad Hasan Abdulla al-Mahri hamda Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla al-Hammadi yordam beradi. To`rtinchi referi vazifasi Ammar Ali Abdulla al-Junaybiyga yuklatildi.

Shu o`rinda qayd etish kerakki, BAAlik hakamlarning Kubok finalini boshqarishi O`zbekiston Futbol Federatsiyasi va BAA Futbol Uyushmasi o`rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda.

Final bellashuvi mezbonini aniqlash uchun tashlangan qur`ada «Bunyodkor» nominal mezbon maqomiga ega bo`ldi. Ma`lumot uchun, final o`yinida «Bunyodkor» futbolchilari qizg`ish-oq rangli futbolkalarda maydonga tushadi. O`zbekiston Kubogining amaldagi sohibi – «Lokomotiv» a`zolari esa oq-yashil formada o`ynaydi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb