“Obod” futbol klubini O`zbekiston Chempionatidan chetlatish haqida O`zPFL Ijroqo`mi Qarori

Toshkentning “Obod” futbol klubi O`zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qo`mitasining O`FF bilan birga kelishilgan qaroriga ko`ra, futbol bo`yicha 2017 yilgi O`zbekiston chempionati qatnashchilari safidan chiqarildi.

Bugungi kunga kelib “Obod” futbol klubining O`zPFL oldidagi qarzlari 112 mln so`m (shundan 90 mln so`m – a`zolik badali to`lovi, 15 mln so`m – O`zbekiston fuqarosi bo`lmagan murabbiyni ro`yxatga qo`yish uchun to`lov va 7 mln – jarima to`lovlari)ni tashkil etadi. O`zbekiston klublarini litsenziyalash bo`yicha reglamentga muvofiq klubni moliyalashtirish manbalari to`g`risidagi ma`lumotnoma O`zPFLga taqdim etilmaganligi natijasida ushbu jamoa nimaning hisobiga moliyalashtirilishi haqidagi masala tushunarsizligicha qolaverdi.

“Obod” futbol klubi, shuningdek, reglament talablarini qo`pol ravishda buzgan holda bir necha marta ogohlantirish berilganiga qaramasdan litsenziyalash bo`yicha birorta ham xujjatni rasmiylashtirmadi.

Shu bilan birga Oliy liganing 20-turi doirasidagi “Obod” – “So`g`diyona” (2:4) va 22-turidan o`rin olgan “Obod” – “Nasaf” (0:6) o`yinlarida qayd etilgan natijalarning shubhali ekanligi aytilgan “Federbet” xalqaro notijorat federatsiyasining O`zbekiston Futbol Federatsiyasiga yozgan xati ham O`zPFL Ijroqo`mining yakuniy qaror qabul qilishida asos bo`lib xizmat qildi.

Musobaqalar reglamentining 4.26 bandiga asosan “Obod” futbol klubi taqvimdagi o`yinlarning yarimidan ko`pini o`tkazib bo`lganligi munosabati bilan qolgan o`yinlarda jamoaga texnik mag`lubiyat, uning raqiblariga esa texnik g`alaba yoziladi. O`tgan o`yinlardagi ogohlantirish va chetlatishlar o`z kuchida qoladi.

O`zbekiston Respublikasi qonunchilik xujjatlarida ko`rsatilganidek “Obod” futbol klubidao`z xodimlari va futbolchilari oldidagi mehnat shartnomalari bo`yicha qarzlarni uzish va soliq to`lovlarini to`lash majburiyati saqlanib qoladi. Jamoa xodimlari va futbolchilariga esa boshqa futbol klublari qaydnomasiga musobaqalar reglamenti asosida ro`yxatga kiritilish uchun ruxsat beriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb