«Bunyodkor» – O`zbekiston Kubogi–2017 musobaqasining ilk finalchisi

«Bunyodkor» futbol klubi O`zbekiston Kubogi musobaqasining ikkinchi yarim finalida Samarqandning «Dinamo» futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

Toshkentda bo`lib o`tgan ilk o`yinda nursiz durang qayd etilgandi. Samarqanddagi bellashuvda «Bunyodkor» 2:0 hisobida «Dinamo»ni taslim qildi va turnirning dastlabki finalchisiga aylandi.

O`zbekiston Kubogi, 1/2  final
Javob uchrashuvi
6 oktyabr, juma

«Dinamo» (Samarqand) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 0:2. 3123 tomoshabinlar.

Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy) – 7,5, O. Jumaev (Navoiy) – 8,1, R. Samandarov (Navoiy) – 8,3, A. Ergashev (Toshkent) - 8

Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

Gollar: O. Shukurov (19), M. Qosimov (45).

Ogohlantirishlar: A. Safarov (24), T. Jo`raev (58), S. Sulaymanov (74), M. Isaev (82), D. Azimov (90) – D. Ahmadaliev (45+1).

Chetlatish: A. Safarov (ikkinchi ogohlantirish, 41).

Dastlabki uchrashuv – 0:0.

mib
uzcard
cola
apex
bmb